NORIN SOYLIGI
NORIN SOYLIGI — ichki Tyan- Shandagi soylik (Qirg’izistonda). Norin daryosining o’rta oqimida. 1300— 3000 metr balandlikda. Uzunligi 300 kilometr, eni 50 kilometrgacha. Norin daryosi o’ng sohili o’r-qirli yerlardan iborat. Iqlimi keskin Kontinental. Qishi sovuq, deyarli qor yog’maydi, yozi salqin. Yanvarning o’rtacha temperaturasi — 15°, -18°, iyulniki 15-17°. Yillik yog’in 200-300 millimetr. Tuprog’i och-qo’ng’ir tuproq. Sho’ra-shuvoq va boshoqlilar o’sadi.