LETALLIK
LETALLIK (lotincha letalis — o’ldiradigan) — biror kasallikka yo’liqqan bemorlarning ma’lum muddat ichida shu kasallikdan o’lganlar soniga nisbati bilan o’lchanadigan tibbiy statistik ko’rsatkich. Letallik o’lim ko’rsatkichidan farq qilib, davolash samaradorligi va aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish sifatini belgilaydi.