LUNDA

LUNDA (balunda) — bantu guruhiga mansub xalq. Kongo Demokratik Respublikasi (400 ming kishi), Angola (110 ming kishi) va Zambiyada (520 ming kishi). Umumiy soni 1030 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Lunda tilida so’zlashadi. Dindorlari — katoliklar va protestantlar, bir qismi an’anaviy dinlarga e’tiqod qiladi.