LYANOS
LYANOS-Orinoko – Kolumbiya va Venesueladagi tabiiy o’lka. Orinoko daryosining chap sohili, shimoli-g’arbdan and tog’lari, sharqdan Gviana yassitog’ligi va Janubda Guavyare daryosi oraligida joylashgan. Relefi tekislik. Iqlimi subekvatorial, issiq iqlim. Nam va quruq mavsumlar keskin ravishda o’zgaradi. Yillik yog’in 1000-1600 millimetr. Savanna o’simliklari usadi. Ekstensiv chorvachilik bilan shug’ullaniladi. Paxta, makkajo’xori, sholi ekiladi.