LURIYA (LURIA) SALVADOR EDUARD

LURIYA (LURIA) SALVADOR EDUARD (1912.13.8, Turin, Italiya – 1991) -Amerikalik virusolog va genetik. 1940 yildan AQShda. AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi (1959). Mikroorganizmlar genetikasi asoschilaridan biri. Bakteriofaglarning tuzilishi va ko’payish mexanizmini hamda ularning ko’pgina reaktivatsiya xususiyatlarini kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1969, A. D. Xershi va M.Delbryuk bilan hamkorlikda).