LOCHIRA

LOCHIRA — oshirilmagan (xamirturushsiz) xamirdan tayyorlangan non turi. Iliq suvda tuz, so’ng mol yog’i (ba’zan sariyog’ yoki margarin) eritilib, xamir qoriladi va 10-15 minut o’rab, tindiriladi. So’ngra xamirdan 200 grammli zuvalalar uzib olinadi va yupqa qilib (3-4 millimetr) non shaklida yoyiladi. Yasalgan yupqa non yuziga qalin qilib chakich urilib, tandirda yoki duxovka patnisida pishiriladi.