AVURTA
AVURTA (turkiycha) — ota-onasidan yetim qolgan go’daklarni boqib, tarbiyalab voyaga yetkazuvchi ayol, enaga. Avursak 11 — 14-asrlarga oid eski turkiy yozma obidalarida, xususan Yusuf xos Hojibning «Qutadg’u bilig», Nosiruddin Rabg’uziyning «Qisasi Rabg’uziy» asarlarida qayd etilgan.