Bir kun kelib hayotingizni qutqarishi mumkin bo’lgan 9 maslahatlar !
Hayotimiz uchun foydali maslahatlar…
«Omon qolish uchun maslahatlar » so’z birikmasini ko’pchilik Robinzonning orolda qolib ketganligi, yoki Bear Grills tabiat bilan birga bir qolib ketganini tasavvurlariga keltirishadi. Ammo shaxarda ham falokatlardan yiroq bo’lish uchun ba’zi bir narsalarni bilish kerak.
O’zingizni himoya qilishingiz uchun kalitlarning usuli
Ijtimoiy tarmoqlarda shunday maslahatlarni ko’rish mumkin: ko’chalarda sizga hujum qilib qolishganda kalitlarni barmoqlar orasiga qo’yib kastet sifatida himoyalanish mumkin. Aslida bunday qilish mumkin emas: chunki barmoqlaringizga jaroxat yetkazishingiz mumkin. Va albatta kalitlarni bunday joylashtirish uchun bir necha soniya kerak, hujum paytida esa bunday qilish uchun vaqtingiz ham bo’lmay qolishi mumkin.
Yaxshisi kalitlarni pichoq sifatida ushlang bu samaraliroq. Yoki zarbangiz kuchliroq bo’lishi uchun musht qilib ushlab oling.
Agar haydovchi o’zini g’alati tutsa
Mashinaga o’tirishdan avval mashinaning raqamini eslab yoki yozib oling. Agar mashina haydovchisi o’zini g’alati tutsa biror tanishingizga qo’ng’iroq qiling (yoki qo’ng’iroq qilayotgandek o’zingizni tuting)va suhbatdoshingizga gap orasida taksida kelayotganingizni va taksini raqamini aytib o’ting.
Iksod kanalarini nazardan chetda qoldirmang!
Yevropa, Osiyo va Amerikada kanalar » Layma » kasalliklarini yuqtirishi ehtimol bor, Yevroosiyoda kana ensifaliti mavjut. Bu ikki infeksiyalar juda xavfli. Shunday ekan agar sizni kana chaqib olsa kasallik yuqmaganligini aniqlash uchun shifokorga uchrang.
Va yana, kanalar oddiy xiyobonlardan ilib olishingiz mumkin. Agar tanangizga kana yopishib qolsa, uni olib tashlashda pinsetdan foydalaning, bow qismidan ushlab ehtiyotkorlik bilan burib chiqaring.
Agar bir inson sizga tegmasligini aytsa ehtiyot bo’ling
G’alati va hech qanday sababsiz berilgan vadalarga alohida ahamiyat bering. Agar sherigingiz hecg qanday sababsiz sizga tegmasligini aytsa bu aynan teginmoqchi ekanligiga shubha bo’ladi. So’zsiz berilgan vadalar har doim juda xatarli tuyuladi.
«Har ehtimolga qarshi» pullar
Telefoningiz g’ilofiga har ehtimolga qarshi pul berkitib qo’ying. Shunday holatlar bo’lib turadiki, yoningizda naxt pul qolmaydi, va ular juda zarur bo’lib qoladi, masalan taksiga pul to’lash uchun. Agar birdaniga karmoningizni o’g’irlab ketishsa, yoki sumkangizni biror bir joyda qoldirib ketsangiz bu pullar sizga asqotadi,. Chunki biz telefonlarni hech qayerda unutmaslikga harakat qilamiz :-).
Jamoat tasiri
Agar sizning yoki do’stingizning jamoat orasida mazangiz bo’lmay qolsa, birdaniga hammadan emas balki yoningizdan o’tib ketayotgan insondan yordam so’rang. Aks holda mas’uliyatlik yoqoladi yani odamlar » kimdir sizga allaqachon yordam beryapti » deb o’ylab yo’llarini davom etishadi.
Cho’kayotgan mashinaning oynasini ocholmay qolganingizda
Agar mashina cho’kayotgan bo’lsa, suvga kirib ketmasidan avval oynani ochib chiqishga harakat qiling. Qandaydir sabab bilan oyna ochilmay qolsa nima qilish kerak ?
Bunday holat mashinaning kuzovi o’girilib qolganida sodir bo’ladi. Bunday holatlarga mashinangizga oyna sindirish uchun biror bir og’irroq narsa qo’yib qo’ying. Rul qulufi yoki pedal, o’to’chirgich va yana biror bir asboblar asqotadi.
Ko’pchilik yoddan chiqaradigan zinalardagi ehtiyot choralari
Hech qachon zinadan tushayotgan payitingiz qo’llaringizni cho’ntagingizga solib tushmang. Agar qoqilib yiqilsangiz qo’llaringiz sizga asqotadi. Mabodo yiqilishingizni oldini ololmasangiz, qo’llaringizni jipslab boshingizni himoya qiling.
Agar sizga biror narsa g’alati tuyulsa, qo’pol bo’lishga uyalmang va qo’rqmang.
Notanish inson sizga juda g’alati va shubhali ko’rinsa u inson bilan suhbatlashishdan vos keching. Agar siz shubhali inson turgan liftga kirishdan qo’rqsangiz va nimasidir g’alatiligini sezsangiz, uni hafa qilib qolmay demasdan instinktingizga qarshi chiqmang.