FOYDALI QAZILMALAR HAVZASI

FOYDALI QAZILMALAR HAVZASI — tog’jinslarining ma’lum formasiyasi bilan bog’liq, qatlamli cho’kindi foydali qazilmalarining uzluksiz yoki deyarli uzluksiz tarqalgan berk oblasti. Foydali qazilmalar havzasi kumir (Kuznesk, Donesk, Moskva yoni va boshqalar), neft va yonuvchi gaz (Amudaryo, Buxoro neft-gaz oblasti bilan birga, Fargona, Fors qo’ltig’i, Perm — AQShda, G’arbiy Sibir, Meksika qo’ltig’i va boshqalar), noruda foydali kazilmalari (tuz havzalari — Artyomovskslavyansk, Irkutsk va boshqalar), rudali (Krivoy Rog temir rudasi, Nikopolsk marganes rudasi va boshqalar) konlar uchun xos. Foydali qazilmalar havzasi maydoni bir necha yuz kilometr kvadratdan bir necha yuz ming kilometr kvadratgacha bo’lib, uning hududida yirik konchilik sanoati majmualari mavjud.