FRANKFURTMAYN
FRANKFURTMAYN — Germaniyadagi shahar, Gessen yerida. Aholisi 644,7 ming kishi (1999). Transport yo’llari chorrahasi. Mayn daryosi bo’yidagi port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. GFRning yirik moliyaviy, muhim savdo, sanoat va madaniyat markazi. Mashinasozlik (xususan, stanoksozlik, elektrotexnika, avtomobilsozlik, priborsozlik), rangli metallurgiya, kimyo va neft kimyosi, poligrafiya, tikuvchilik, ko’npoyabzal, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi. Metropoliten bor. Atrofidagi shaharlar b-n yagona sanoat rnini tashkil qiladi. Gyote nomidagi universitet (1914), atom tadqiqotlari va boshqa ilmiy tadqiqot institutlari, nafis san’at akademiyasi, badiiy institut va boshqalar bor. Shahar galereyasi, Gyote uymuzeyi, badiiy hunarmandchilik va boshqa muzeylar faoliyat ko’rsatadi. Shahar ilk bor 8-asr manbalarida tilga olingan. Franklar, germanlar va rimliklar ixtiyorida bo’lgan. 1866 yildan Prussiya tarkibida, 19-asrdan Germaniyaning yirik sanoat markazi. Me’moriy yodgorliklaridan Zaalxof saroyi — Knyaz qarorgohi (12-asr), Sanktbartolomeus sobori, ratusha va boshqalar saqlangan.