FOTODIOD

FOTODIOD (foto… va …diod) optik nurlanish ta’sirida bir tomonlama fotoo’tkazuvchanlik xossasiga ega bo’lgan yarimo’tkazgichli diod; fotoelektronika vositasi. Fotodiod elektronkovak (r—p) o’tishli yarimutkazgichli kristalldan iborat. Unda ikkita metall chiqish (biri r, ikkinchisi p sohadan) bo’lib, metall yoki plastmassali himoya korpusiga o’rnatilgan. r—p o’tishli Fotodiodda yorug’lik elektronkovak o’tishga darcha orqali tushadi. Bunda qo’shimcha elektron va kovaklar soni hosil bo’ladi. Fotodiod ikki ish rejimida ishlaydi: fotodiod rejimida Fotodiod tashki zanjirida r—p o’tishdan hosil bo’ladigan o’zgarmas tok mavjud, ventil rejimida bunday tok bo’lmaydi. Fotodiodning integral sezgirligi — 20 mkA/ lm, inersionligi <10 ne. Fotodiod fotodiod rejimida fotorezistorpek Fotodiod zanjirdagi elektr tokini boshkarishda, ventil rejimida esa fotoelementga o’xshash foto elektr yurituvchi kuch generatori sifatida, tasvirlarni uzatishda nurlanish detektori sifatida, optik axborotlarni qabul qilish, o’lchash texnikasi va boshqalarda qo’llaniladi.