FOTOMATERIALLAR

FOTOMATERIALLAR — fotografiya va kinematografiyami fotografik tasvir hosil qilish uchun qo’llanadigan yorug’lik sezgir materiallar, ularga kimyoviy ishlov beradigan reaktivlar va yordamchi vositalar. Fotomateriallar yorug’lik sezgir komponentining kimyoviy tarkibiga qarab, kumushli va kumushsiz xillarga bo’linadi. Kumushsiz Fotomateriallarning yorug’lik sezgirligi past bo’lib, faqat pozitivlar olishda qo’llanadi. Fotomateriallar fotoplastinkalar (asosi shisha plastina), fotoplyonkalar (asosi tselluloid), kinoplyonkalar va fotoqog’ozlar (asosi yarim yaltiroq qog’oz) ga bo’linadi. Sanoatda umumiy maqsadlar uchun «izoorto», «izoxrom» va «pankxrom» fotoplastinkalar, yorug’lik sezgirligi 32, 65, 130 va 250 birlikka teng bo’lgan fotoplyonkalar, o’ta yuqori yorug’lik sezgir kinoplyonkalar, fotoqog’ozlar (6×9 dan 50×60 santimetr formatda) ishlab chiqariladi. Yorug’lik sezgirligi 32 bo’lgan fotoplyonka tabiiy yorug’likda surat olishga mo’ljallangan. Sezgirligi 250 bo’lgan fotoplyonkalar qorong’i joylarda surat olishda ishlatiladi. Maxsus Fotomateriallar ikki guruhga bo’linadi: diapozitiv (plastinka, plyonka) — uning yordamida to’g’ridanto’g’ri kattalashtiruvchi apparatlar orqali suratlar ko’rsatilaveradi; reproduktsion Fotomateriallar — kumush bromid fotoplastinka, fotoplyonka va b. Ular klishe va boshqalar vositasida rasmlardan nusxa ko’chirishda qo’llaniladi. Yordamchi vositalarga yoruglik sezgir Fotomateriallar solib yoki o’rab qo’yiladigan yorug’lik va namlikdan himoyalaydigan maxsus qog’ozlar, elimlar, pozitivlarni atmosfera ta’siridan saqlaydigan loklar kiradi. Keng tarqalgan yorug’lik sezgir qatlamlar — disperslangan AgHal mikrokristall quruq jelatinli qatlamlar (Hal=Cl, Br, Cl=Br, Cl=j, Cl+Br+j, Br+j). Bunday qatlamlar 1870 yillarning o’rtalaridan ko’plab ishlab chiqarila boshlangan. Keyingi vaqtlarda AgHal — yorug’lik sezgir qatlamlar rentgen nurlari va elektronlar oqimi tasvirini olishda qo’llanila boshlandi. AgHal asosida yoruglik sezgir materiallar tayyorlashning 3 bosqichi bor: 1) emultsiyalash va birinchi (fizik) etiltirish. Bu bosqichda emulsiya, ya’ni AgHal mikrokristallarning kattiq fazasi hosil bo’ladi va o’sadi. AgNO, bilan eritmadagi tarkibida jelatina bo’lgan galogenidlar orasida bo’ladigan reaktsiya natijasida AgHal hosil bo’ladi; 2) ikkinchi (kimyoviy) etiltirish. Bu bosqichda emultsiya ma’lum vaqt yuqori trada tutib turiladi; 3) emulsiyani quyishga tayyorlash. Bu bosqichda yoruglik sezgir qatlamga kerakli fizikkimyoviy xususiyatlar beriladi. Buning uchun Emulsiyaga bo’yovchi — sensibshshzatorlar (yorug’ sezgir qatlamning sezgirligini oshiradi), stabilizator (yorug’lik sezgirlikni saqlaydi), oshlovchilar (qatlamning mexanik mustahkamligini va jelatinaning temperaturaga chidamliligini oshiradi), plastifikatorlar (qatlam mo’rtligini pasaytiradi), xo’llovchilar (yorug’lik sezgir qatlam bir tekis bo’lishini ta’minlaydi) qo’shiladi; 4) quyish [emulsiya yupqa (5-10 mkm) kdlib asosga beriladi]. Tayyor material quritiladi, keyin zarur bichimlarda kesiladi. Fotomateriallar sifatida kumushsiz yorug’lik sezgir qatlam (polimer plyonka, shishasimon modda va boshqalar)lar keng qo’llanadi.