UELS
UELS, Uels (Wales) — Buyuk Britaniyang ma’muriysiyosiy qismi (tarixiy-geografik hudud). Uels yarim oroli va unga yondosh Anglsi orolida joylashgan. Maydoni 20,8 ming km2. Aholisi 3 million kishiga yaqin (2000). Eng katta shahri — Kardiff. Ma’muriy jihatdan 8 graflikka bo’lingan. Tub aholisi — valliy (Uels) lar. Yer yuzasining ko’p qismi tog’lik. Eng baland joyi 1085 metr. Iqlimi mo»tadil dengiz iqlimi. O’rmon, o’tloq va yalangliklar bor. Toshko’mir, temir va polimetall rudalari konlari mavjud. Uels hududida qadimda kimvrlarning kelt qabilalari yashagan. Anglosaks (5— 6-asrlar) va normand (Pa.)larning Britaniya orollarini bosib olishlari natijasida Uels hududidagi kelt qabilalaridan biri bo’lgan brittlarning bir qismi boshqa joylarga ko’chirilgan. 13asr oxirida Uels hududini Angliya egallab olgan (1536 yilgacha Muxtor knyazlik). 1301 yildan ingliz taxtining vorislari «Uels shahzodasi» unvoniga egadirlar.