Adirlar

Adirlar — Orta Osiyo toglari etagidagi chol va chala chol qirlar. Neogen va antropogen davrlarning chokindi tog jinslaridan tarkib topgan. Fargona, Hisor, Surxondaryo vodiylarida koproq konglomerat va chaqir toshlardan iborat bolib, ba’zi joylarida lyoss bilan qoplangan. Adirlar pasti-baland boladi. Ularni kop joylarda soy hamda jarlar kesib otib, ayrim-ayrim qismlarga bolib yuborgan. Adirning mutlaq balandligi 400-500 m dan 1000-1500 metrgacha boradi. Adirlar baland tog etaklaridan tektonik botiqlar orqali ajralgan boladi. Bahor paytlarida adirlarda rang-barang otlar, lolalar osib yotadi. Xojalikda adirlardan bahorgi yaylov sifatida foydalaniladi, yogin koproq tushadigan joylarda galla yetishtiriladi. Kopetdog va Qrimda tof etaklaridagi shunday balandliklar bayirlar deb yuritiladi. Qozogiston va Qirgizistonda uncha katta bolmagan qoldiq qir va toglar ham adir deb yuritiladi.