Aysberglar

Aysberglar (Gollandcha iys – muz, nemischa berg – tog‘) -okean, dengiz va kollarda suzib yuradigan yoki sayozliklarga otirib qoladigan katta muz palaxsalari. Suvga tushib kelayotgan muzliklarning sinishidan hosil boladi. Aysberglar asosan Antarktida, Kanada Arktika arxipelagining shimoliy orollari, Grenlandiya qirroqlarida vujudga keladi. Muz hamda suvning zichligiga qarab, 80-90% qismi suv ostida boladi. Suv ustidagi qismining balandligi ortacha 70-100 m, eni va boyi yuzlab km ga yetadi. Aysberg kemalar qatnovi uchun juda xavfli, kop kemalar aysbergga urilib garq bolgan.