Allyuvial tuproqlar
Allyuvial tuproqlar – daryo vodiylaridagi allyuvial yotqiziqlardan vujudga kelgan tuproqlar. Allyuvial tuproqlar qatlamlarining qalinligi 1-2 sm dan bir necha on sm gacha bo
ladi. Allyuvial tuproqlar genetik (kelib chiqish) belgilariga qarab, otloqi qayir-allyuvial tuproqlar va o
tloqi-allyuvial tuproqlarga ajraladi, otloqi qayir-allyuvial tuproqlar daryo vodiylarining qayirlarida paydo bo
ladi. Otloqi-allyuvial tuproqlar daryolarning qayir usti terrasalarida bo
lib, ularning namligi daryo rejimiga bogliq emas. Bu tuproqlar organik moddalarga juda boy, unumdor bo
ladi.
Allyuviy (lotincha allyuvio – yotqiziq) – doimiy yoki vaqtli oqar suvlar keltirib yotqizgan jinslar. Koproq mayda tosh, shag
al, qum va gillardan iborat boladi. Ba’zi tekisliklar, daryolarning qayirlari va terrasalari shunday jinslardan tashkil topgan. Allyuvial jinslar ko
pincha saralab yotqiziladi: suvning yuqori oqimida yirik jinslar – tosh, shagal, so`ngra qum va nihoyat gil yotqiziladi.