Arid iqlim

Arid iqlim (lotincha aridus – qurgoqchil) – namlanish miqdori osimliklar vegetatsiyasi uchun yetarli bolmagan quruq, issiq kontinental iqlim. Arid iqlimda mumkin bolgan (potentsial) buglanish yillik yogin miqdoridan ancha ortiq 10 barobar va undan ham ortiq, yoz jazirama issiq boladi. Arid iqlim sharoitida sugoriladigan yerlardagina dehqonchilik qilinadi. Chol, chalachol va quruq dashtlar iqlimi ariq iqlimdir.