Artezian suvlari

Artezian suvlari — har xil chuqurlikda suv otkazmaydigan qatlamlar oraligda hosil bolgan yer osti suvlari. Artezian suvlari bosim ostida boladi, shuning uchun burgqudugi qazilganda suvli qatlamning shipidan yuqori kotariladi, bosim yetarli darajada kuchli bolganda esa yer yuzasiga kotariladi yoki fontan bolib chiqadi. Artezian sozi Fransiyadagi Artua viloyati nomidan olingan. Hozirgi vatqda Ozbekistonning Jizzax, Buxoro viloyatida, Qoraqalpogiston va Markaziy Fargonada artesian suvlaridan chorva mollarini, ayrim hollarda kichikroq ekin maydonlarini sug`orishda hamda ba’zi korxonalarda texnologik maqsadlar uchun foydalanilmoqda.