Baland metodlari
Baland metodlari — geografik ilmiy tadqiqot metodlaridan biri. Tabiiy geografiyada ayrim landshaftlardagi modda va energiya almashinuvi balansi yoki ayrim geografik ob’ekt (ko`l, daryo va h.k.) hamda komponentlardagi moddalar balansini o`rganishda keng qo`llaniladi. Baland metodlari iqlimshunoslik va gidrologiyada ayniqsa ko`p foydalaniladi. Iqtisodiy geografiyada iqtisodiy rayonlar va ma’muriy birliklardagi mehnat resurslari zapasi bilan ularning taqsimlanishi o`rtasidagi munosabatni aniqlashga imkon beradi. Baland metodlarida matematika usullari va elektron-hisoblash mashinalaridan keng foydalaniladi.