Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT)
Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) – yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni ta’minlash, davlatlarning o`zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida 1945-yilda tuzilgan xalqaro tashkilot. BMT Ustaviga dastlab 51 davlat imzo chekkan bo`lsa, 1974-yil 1-noyabrda ularning soni 138 ga yetgan. BMTning doimiy ish o`rni Nyu-York. BMT, Ustavda ko`rsatilganidek, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlashi, xalqlarning teng huquqli bo`lishi va o`z taqdirini o`zi belgilashi prinsipiga amal qilib, millatlar o`rtasida do`stlik munosabatlarini rivojlantirishni, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarii hal etishda xalqlar o`rtasida hamkorlik bo`lishini ta’minlashni ko`zda tutadi, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uyg`unlashtirib turadigan markaz hisoblanadi. BMTning asosiy organlari: Bosh Assambleya, Xavfsizlik Kengashi, Iqtisodiy va ijtimoiy kengash, Vasiylik kengashi, BMT qoshidagi Xalsaro sud va BMT Kotibiyati. BMTning sessiyasi yilda bir marta chaqiriladi. Xavfsizlik Kengashining yoki BMT a’zolari ko`pchiligining talabi bilan har qanday masala yuzasidan maxsus sessiyalar chaqirilishi mumkin.