AGROSANOAT MAJMUY1 (ASM)

AGROSANOAT MAJMUYI (ASM) – qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, ularni saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan shug’ullanuvchi tarmoqlarning jami bo’lib, asosan, to’rt sohani o’z ichiga oladi. Birinchi soha – qishloq xo’jaligiga ishlab chiqarish vositalarini yetkazib beradigan sanoat tarmoqlari, shuningdek, qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarishga texnika xizmatini ko’rsatadigan tarmoqlar. Ikkinchi soha – qishloq xo’jaligining o’zi. Uchinchi soha – qishloq xo’jaligi mahsulotlarini iste’molchilarga yetkazib berishni ta’minlaydigan (tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish) tarmoqlar. To’rtinchi soha – agrosanoat majmuyi tarkibida mahsulot ishlab chiqarish hamda kishilaming hayoti va faoliyatining umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan infrastrukturalar.