ANALITIK HISOB SCHYOTLARI
ANALITIK HISOB SCHYOTLARI – analitik hisob yurituvchi buxgalteriya hisobi schyotlari. Ular ma’lum sintetik schyotning ko’rsatkichlarini detallashtirish uchun faqat murakkab sintetik schyotlarga ochiladi. Analitik hisob schyotlari sintetik hisob schyotlariga o’xshab debet va kreditga ega. Ular bo’yicha aylanmalari va saldosi chiqariladi. Bunda bir sintetik schyot bo’yicha ochilgan barcha analitik schyotlarning debet va kredit aylanmalarining jami hamda saldolarining jami so’m hisobida shu sintetik schyotning debet va kredit aylanmalari hamda saldosigatengbo’lishi kerak. Buxgalteriya hisobini takomillashtirish jarayonida analitik hisobni yuritishning samaraliroq prinsiplari ishlab chiqildi. Hisobning jurnal-order shaklida analitik hisob yordamchi (jamg’aruvchi) vedomostlarda yuritiladi, ayrim hollarda esa sintetik schyotlar bilan birga bir jurnal-orderda olib boriladi.