ANDERRAYTER

ANDERRAYTER – l) turli risklarni sug’urtalash vakolatiga ega, sug’urta kompaniyasi tomonidan tayinlanadigan shaxs. Sug’urta kompaniyasining sug’urta portfeli shakllanishi uchun javob beradi. U sug’urta shartnomalarini tuzish, risklarni baholash va sug’urta tarifi stavkasini belgilash yuzasidan tegishli malakaga ega bo’lishi zarur; 2) Lloyd sug’urta polislarini beradigan Lloyd sug’urta korporatsiyasi a’zosi; 3) potensial mijozlarga sug’urta polisini sotish bilan shug’ullanadigan yoki manfaatdor tomonlarga sug’urta sohasi bo’yicha yuqori darajada maslahat xizmatlari ko’rsatadigan jismoniy yoki yuridik shaxs.