ANTIMONOPOL QONUNCHILIK

ANTIMONOPOL QONUNCHILIK – iqtisodiyotni monopollashtirishdan xalos etish, monopoliyalarni cheklab qo’yishga qaratilgan davlat qonunlari. U monopoliyalar faoliyatini tartibga solishning asosiy vositasi hisoblanadi. Hozirgi zamon antimonopol qonunchiligi ikki asosiy yo’nalishga ega: a) baholar ustidan nazorat; b) kompaniyalarning qo’shilishi ustidan nazorat Antimonopol qonunchilik asoslariga birinchi marta AQSH da asos solingan (1880-y. Sherman qonuni; 1914-y. Kleyton qonuni). G’arbiy Yevropada antimonopol qonunlar Ikkinchi jahon urushidan keyin qabul qilingan. O’zbekistonda 1992-yilda monopolizmga qarshi qonunchilikka asos solindi. Shu yili respublikamizda monopolistik faoliyatni cheklash to‘g‘risida qonun qabul qilindi.