AVAL
AVAL-alohida kafolat yozuviga ega ko‘rinishdagi vekselli talabnoma. Talabnomani bergan shaxs (avalchi) ushbu talabnoma (veksel) bo’yicha har qanday majburiyatning bajarilishiga mas’ul shaxslar (akseptant, veksel beruvchi, indossantlar) veksel egasi oldidagi mas’uliyatni o’z bo’yniga oladi. Aval vekselning hamma summasiga yoki uning bir qismiga qabul qilinishi mumkin. Veksel bo’yicha asosiy qarzdor mas’uliyati qaratilganda avalchi ham mas’uliyatdan ozod bo’ladi. Aval vekselning old tomonigayoki qo’shimcha varaqda, ya’ni alohida oddiy imzo chekish yo’li bilan amalga oshiriladi. Aval vekselning ishonchliligini oshiradi va bu bilan vekselning muomalada bo’lishiga yordam beradi.