AVANS

Ma’nosi

AVANS — korxonaning bajariladigan ish, o’tkaziladigan mol-mulk, ko’rsatilgan xizmatlar va boshqalar uchun to’lanadigan to’lovlar hisobiga beradigan yoki pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladigan dastlabki pul summasi yoki boshqa mulkiy qiymat. Avans — kredit shartlarida ko’rsatib berilganda, majburiy bo’lib, u shartnoma (kontrakt)da kelishilgan summaning 10-40 foizini tashkil etadi. 100 foiz avans to’lash kamdan-kam qo’llaniladi. Majburiyatlar bajarilmay qolgan taqdirda Avans qaytarib berilishi kerak. Yirik shartnomalar tuzilganda, Avans bank kafolati bilan ta’minlanadi. Avans (bay puli, zadatok)dan farqli o’laroq, majburiyatni bajarishni ta’minlash usuli hisoblanadi.

O‘xshash so‘zlar

A harfiga oid iqtisodiy ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar