AVANS

AVANS – korxonaning bajariladigan ish, o’tkaziladigan mol-mulk, ko’rsatilgan xizmatlar va boshqalar uchun to’lanadigan to’lovlar hisobiga beradigan yoki pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladigan dastlabki pul summasi yoki boshqa mulkiy qiymat. Avans – kredit shartlarida ko’rsatib berilganda, majburiy bo’lib, u shartnoma (kontrakt)da kelishilgan summaning 10-40 foizini tashkil etadi. 100 foiz avans to’lash kamdan-kam qo’llaniladi. Majburiyatlar bajarilmay qolgan taqdirda Avans qaytarib berilishi kerak. Yirik shartnomalar tuzilganda, Avans bank kafolati bilan ta’minlanadi. Avans (bay puli, zadatok)dan farqli o’laroq, majburiyatni bajarishni ta’minlash usuli hisoblanadi.