BALANS

BALANS – “Balans” atamasi lotincha “bis” – ikki marta, “banx” – tarozi pallasi so’zlaridan tarkib topgan bo’Ub, tom ma’noda “ikki palla” degan ma’noni anglatadi va tenglik, muvozanat tushunchasi sifatida ishlatiladi. Balans doimo o’zgarib turadigan, o’zaro aloqada bo’lgan holatni ta’riflovchi ko’rsatkichlar tizimining tengligi. Balans ikki qismdan iborat bo’lgan jadval shaklida ma’lum bir sanaga tuziladi. Balans qandaydir voqeani ta’riflab, uning qismlarga munosabatini ko’rsatadi. Balans alohida korxona, ishlab chiqarish birlashmasi (buxgalteriya balansi, korxonaning daromad va xarajatlar balansi) yoki xalq xo’jaligi (aholining daromad va xarajat balansi, to’lov balansi, savdo balansi, qishloq xo’jalik mahsulotlari balansi va b.) masshtabida tuziladi.