BIRJA
BIRJA (goll. beurs, nem. Borse – hamyon) – 1. Mahsulot, valyuta va qimmatbaho qog’ozlarni ayirboshlashda, hisob va ma’lumot xizmatlarini amalga oshirishda faol qatnashuvchi tashkilot. Xizmat ko’rsatgani uchun birja vositachilik yig’imini oladi. Birja XVII asrda paydo bo’lgan va belgiyalik savdogar Delya Birjaning nomi bilan atalgan. Uning uyida va uyi oldidagi maydonda italiyalik bank egalari savdogarlarning yig’ilishlari bo’lib o’tar edi.