BOJ DEKLARATSIYASI

BOJ DEKLARATSIYASI – milliy qonunchilikning talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan, o’zida chegaradan o’tayotgan yuklar (eksport yoki import qilinayotgan mahsulotlar, passajir yuki, uning qo’lidagi yuki, boyliklar va valyutalar) to’g’risidagi ma’lumotlarni aks ettirgan hujjat. Bu hujjat yukni davlat chegarasi orqali o’tkazishda asos hisoblanadi. Deklaratsiya bojxonaga qonunda belgilangan muddatlarda (bir kundan ikki haftagacha mahsulot bojxonaga yetib kelgan kunni ham hisobga olgan holda) taqdim etilishi lozim. Deklaratsiyada bojxonaga qabul qilingan mahsulotning yuk hujjati nomeri, mahsulotning tarif nomi yoki boj tarifining tegishli moddasiga asoslanish (suyanish), mahsulot partiyasining qiymati va bahosi hamda ularga ilova qilinadigan hujjatlar ro’yxati kabilar o’z aksini topishi shart. Boj deklaratsiyasining shakli mahsulotning bojga tortilish yoki tortilmasligiga bog’liqdir.