BOJ POSHLINALARINING STAVKALARI
BOJ POSHLINALARINING STAVKALARI – hukumat tomonidan o’rnatilib, yagona hisoblanadi va chegaradan tovarlarni olib o’tuvchi shaxslarga bog’liq bo’lmagan holda o’zgarmasdir. Tashqi iqtisodiy faoliyatni operativ ravishda tartibga solishning instrumenti bo’lib xizmat qiladi. Ularning quyidagi turlari bo’lishi mumkin: a) advalor stavkalar (boj undiriladigan tovamingboj qiymatiga nisbatan foizda o’rnatiladi); b) maxsus stavkalar (boj undiriladigan tovarning birligiga nisbatan aniqlanadi); v) kombinatsiyalashtirilgan stavkalar (boj undirishning dastlabki ikki varianti qo’llaniladi).