Biologik soatlar

Biologik soatlar – organizmning ko’pgina holat (xususiyat)larining ma’lum tartibda уа ma’lum vaqt oralig’ida o’lchovli ravishda bir tekisda takrorlanib turish hodisasi. Bunday hodisalar organizmning ichki (епdogen) mexanizmlari yordamida vujudga keladi. Masalan, dukkakli o’simliklar bargining kunduzi gorizontal, kechasi vertikal holatda bo’lishi yoki inson tanasi haroratining ertalаb minimal va kechqurun maksimal darajada bo’lishi.