BUYRUQBOZLIK TIZIMI

BUYRUQBOZLIK TIZIMI – iqtisodiy tizimning bir turi, uning asosiy belgilari: iqtisodiyotning monopollashtirilganligi; jamiyat xo’jalik hayotining hamma tarafini markazlashtirilgan holda rejalashtirish va tartiblash. Uning xo’jalik mexanizmiga xos belgilari mavjud, bular: bitta markazdan turib, hamma korxonalami bevosita boshqarish; davlatning mahsulotni ishlab chiqarish va taqsimlashini to’liq nazorat qilishi; ishlab chiqarish strukturasi va hajmini hukmron mafkuraviy aqidalardan kelib chiqqan holda belgilash. Buyruqbozlik iqtisodiy tizimi sobiq Sovet Ittifoqi, XXR, Shimoliy Vetnam, Shimoliy Koreya, Kuba va ayrim Sharqiy Yevropa mamlakatlarida mavjud bo’Igan.