BOZOR MEXANIZMINING AFZALLIKLARI

BOZOR MEXANIZMINING AFZALLIKLARI – har qanday holat singari bozorning o‘z afzalliklari va kamchiliklari bor: 1. Resurslarning samarali taqsimlanishi – bozor resurslarini jamiyatga zarur bo’lgan tovarlarni ishlab chiqishga yo’naltiradi. 2. G’oyat cheklangan axborot mavjud bo’lganida uning muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishining mumkinligi narx va ishlab chiqarish xarajatlari haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lish yetarli. 3. Qayishqoqligi, o’zgaruvchan sharoitlargayuqori darajada moslashuvi. Zotan, 70-yillarda energiya manbalariga narxlar keskin oshib ketgan paytda, bozor bunga muqobil energiya manbalarini ishlab chiqish, resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish, energiya resurslarini qattiq tejash rejimini kiritish bilan javob berdi. 4. Ilmiy texnika revolyutsiyasi natijalaridan oqilona foydalanish. Tovar ishlab chiqaruvchilar eng yuqori darajada foyda olishga intilib tavakkal qiladilar, yangi tovarlar ishlab chiqaradilar, yangi texnologiyalarni kiritadilar, bu esa ularga raqobatchilari oldida vaqtning afzalliklarga ega bo’lish imkonini beradi. 5. Istemolchilar va tadbirkorlarning erkin tanlashi va harakat qilishi. Ular o‘z qarorlarini qabul qilish, turli bitimlar tuzish, ishchi kuchini yollash va hokazolarda mustaqildirlar. 6. Xilma-xil ehtiyojlarni qondirish, tovarlar va xizmatlar sifatini oshirish, tengsizlikka tezroq tuzatish kiritish qobiliyati.