BUDJETLARGA CHEKLOVLAR
BUDJETLARGA CHEKLOVLAR – (Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy budjetlarga) quyidagilardan iborat: l) Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy budjetlarning defitsitli bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi; 2) Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarni tasdiqlash va ijro etishda: a) qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan manbalar hisobidan fondlar tashkil etishga; b) mablag’ jalb qilishni amalga oshirishga (yuqori budjetlardan budjet ssudalari olish bundan mustasno); v) o’z budjetlari xarajatlariga tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan ortiqcha mablag’ sarflashga (qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno); g) budjet mablag’lari hisobidan boshqa shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berishga; d) yuridik va jismoniy shaxslarga budjet ssudalari berishga yo’l qo’yilmaydi.