BUXGALTERIYA HISOBINING METODI

BUXGALTERIYA HISOBINING METODI – korxona mablag’ larining holati va foydalanishini o’rganish uchun buxgalteriya hisobi qo’llaniladigan usullar yig’indisi buxgalteriya hisobining metodini tashkil qiladi. Buxgalteriya hisobining metodi (usullari) quyidagilardan iborat: hujjatlashtirish, inventarizatsiya, baholash, kalkulyatsiya, buxgalteriya hisobining schyotlari, ikkiyoqlama yozuv, buxgalteriya balansi va buxgalteriya hisoboti.