EKSPORT

EKSPORT – tovarlar, xizmatlar va kapitalni sotish maqsadida chet el bozorlariga chiqarish; eksport import bilan bir qatorda xalqaro ijtimoiy mehnat taqsimoti bilan bog’langan va tashqi savdoning tarkibiy qismidir. Eksportning quyidagi ko’rinishlari mavjud: 1. Tovar eksporti – bunda moddiy ne’matlar chetga chiqariladi. 2. Xizmatlar eksporti – bunda xorijdagi sheriklarga to’ lov evaziga turli xizmatlar ko’rsatiladi. 3. Kapital eksporti – bunda chet mamlakatlarga turli obyektlar qurish va ishga tushirish uchun mablag’ (kapital) qo’yiladi.