FOND BIRJASI

FOND BIRJASI – bozor iqtisodiyoti va kapital bozorining muhim elementi. Fond birjasida bozor bahosi asosida qimmatbaho qog’ozlar, ya’ni hissadorlik kompaniyalari aksiyalari va obligatsiyalari, shuningdek, davlat zayomlarining obligatsiyalari erkin sotiladi va sotib olinadi: dividend va foizlar miqdori, talab va taklif o’rtasidagi nisbat ssuda foizi va darajasiga qarab qimmatli qog’ozlar kursi (bozor narxi) belgilanadi. FB ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: vaqtincha bo sh mablag’Iarga qimmatbaho qog’ozlar sotib olib, ularni muomalaga kiritish, qimmatbaho qog’ozlarningbozor narxini aniqlash; turli tarmoqlar, korxonalar o’rtasidagi kapital aylanishini ta’minlash va boshqalar. Qimmatli qog’ozlar kursi harakatining umumiy ko’rsatkichi bu Dau-Djons indeksi hisoblanadi. U Nyu- York fond birjasidagi qimmatli qog’ozlar kursini o’zida aks ettiradi. O’zbekistonda 1994-yildan fond birjasi faoliyat ko’rsatmoqda.