KAPITAL QO’YILMA

KAPITAL QO’YILMA – natijada asosiy vositalarni ko’paytiradigan xarajatlar. Korxonalarda kapital qo’yilmalar tasdiqlangan titul ro’yxati va loyiha-smeta hujjatlari bo’lsagina amalga oshirilishi mumkin. Kapital qo’yilmalar ularning yo’nalishi, rejalashtirish tartibi, kapital ishlar turlari, qurilish obyektlarining qiymati, qurilish ishlarini olib borish usullari bo’yicha guruhlanadi. Yo’nalishi bo’yicha ishlab chiqarish obyektlari turar joy, maktab, shifoxona va h.k.larga bo’linadi. Rejalashtirish tartibiga qarab kapital qo’yilmalar davlat rejasida nazarda tutilgan va davlat rejasida nazarda tutilmagan qo’yilmalarga bo’linadi. Davlat rejasida nazarda tutilmagan kapital qo’yilmalar korxonaning o’z mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. Kapital qo’yilmalar “Kapital qo’yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar” bo’yicha hisobga olinadi.