LEGAL MONOPOLIYA

LEGAL MONOPOLIYA – o’zining mahsulotiga egalik qilish va sotish huquqini olgan monopoliya. Ko’pgina hollarda davlat fan va texnikadagi ishlarni rag’batlantirish uchun ongli ravishda kashfiyot egalariga monopol huquqlarni beradi. Legal monopoliyalar cheklangan vaqt davomida mavjud bo’ladi. Masalan, patent yoki litsenziyaga egalik qilish vaqti mobaynida. Bundan so’ng boshqa firmalar ham bu yo’nalishda faoliyat ko’rsata boshlaydi.