NAFAQA
NAFAQA – aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamlarining moddiy ta’minoti.U nafaqaga muhtojlik tan olinganda, qonun hujjatlari bilan asoslanganda tayinlanadi va ijtimoiy ta’minot fondlari hisobidan to’lanadi. Nafaqa vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotganda, homiladorlik va tug’ishda, bola tug’ilganda, bola parvarishi bo’yicha va shunga o’xshash boshqa holatlarda mamlakat fuqarolariga beriladigan doimiy ravishdagi yoki bir martalik pul to’lanmasi.