SHARTNOMA NARXLARI
SHARTNOMA NARXLARI – bozor iqtisodiyotiga xos baholar, tovar ishlab chiqaruvchi va savdo tashkilotlari orasida kelishish natijasida belgilanadi. Bunda tovarlarga bo’lgan talab va taklif hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Ichki va xalqaro shartnoma narxlari farqlanadi. Ichki shartnoma belgilanganida tovarlar sotuvchi ham, xaridor ham naf ko’rgan narxlarda sotiladi. Ichki shartnoma narxlari erkin bozor, raqobat bor joyda yaxshi natija beradi. Xalqaro yoki tashqi shartnoma narxlari turli davlatlar yoki turli mamlakatlardagi korxona, tashkilotlarnnng bevosita tashqi aloqalariga xizmat qiladi. Tashqi shartnoma narxlari kontrakt narxlar deb yuritiladi. Ular jahon bozori konyunkturasiga qarab vaqti-vaqti bilan o’zgarib turadi.