MONETARIZM

MONETARIZM – iqtisodiyot nazariyasidagi G’arbda keng tarqalgan neoklassik oqim nazariyalaridan biri. Monetarizm sof bozor iqtisodiyoti nazariyasi hisoblanib, uning bosh g’oyasi bozor mexanizmi iqtisodiy o’sishini ta’minlaydi. Bu mexanizmning asosiy vositasi pul degan xulosadan iborat. Monetarizm nazariyasi asoschilari M. Fridman, F. Keygan, A. Keltsar, D. Leyder va boshqalar bo’lib, ular o’sishning eng muhim sharti inflyatsiyani yo’qotish va pulni sog’lomlashtirish, pulni xo’jalik muomalasi vositasiga aylantirish deb qaraydilar. Ular pulning barqarorligi va iqtisodiy faollik o’rtasida uzviy bog’lanish borligini qayd etgan holda, iqtisodiy inqirozlarning sababini pul muomalasidagi buzilishlardan axtaradilar.