MEHNATNI ILMIY TASHKIL ETISH

MEHNATNI ILMIY TASHKIL ETISH – ishlab chiqarishga tizimli joriy qilinadigan ilm-fan yutuqlari va ilg’or tajribalarga asoslangan mehnatni tashkil etish. U eng yaxshi texnika va odamlarni bitta ishlab chiqarish jarayoniga yig’ishga imkon beradi, material va mehnat resurslaridan eng samarali foydalanish hamda ishlab chiqarish faoliyatining uzluksiz borishini ta’minlaydi, inson sog’lig’ini saqlashga yordam beradi.