MARKETINGDA TARMOQ YONDASHUVI

MARKETINGDA TARMOQ YONDASHUVI – marketing tizimi subyektlarining faqat ikki tomonlama (xaridor va sotuvchi) emas, balki ko’p tomonlama o’zaro aloqalari jarayonini aks ettirish konsepsiyasi. Tarmoq yondashuvi na sotuvchilar va na xaridorlar o’zlariga hamkorni tanlash va ularni almashtirishda erkin emas, chunki resurslar o’zgarganda ularning bir-biriga qaramligi yuzaga keladi, ya’ni aloqalar almashuvi buziladi. Marketing tarmog’i a’zolari o’rtasida resurslar ayirboshlash “qaramlik” va “hokimlik” manbayi hisoblanadi. Marketing tarmog’i uchta o’zaro bog’liq tarkibiy qismdan iborat: ishtirokchilar (firmalar), resurslar va faoliyat turlari. Tarmoq yondashuvi resurslarning turli xilligi va ularni ierarxik nazorat qilishni talab qiladi.