MILLIY BOZOR

MILLIY BOZOR – muayyan mamlakat doirasida ishlab chiqarilgan tovarlar muomalasi sohasini ifodalovchi tushuncha. Milliy bozor subyektini shu mamlakat fuqarolaribo’ lmish tovar egalari – korxonalar, firmalar, birlashmalar, davlat va jamoatchilik tashkilotlari hamda ayrim fuqarolar tashkil etadi. Milliy bozor hajmi muayyan mamlakatning katta yoki kichikligiga, uning iqtisodiy darajasiga, xalqaro savdodagi ishtirokiga bog’liq bo’ladi.