MARKS KARL GENRIX

MARKS KARL GENRIX (1818-1883) – nemis olimi. Tarixni tushunishga iqtisodiy yondashuv qoidasini yoqlab, kapitalistik ishlab chiqarish usulining rivojlanishini chuqur va keng tahlil qilgan. Mehnat, qiymat nazariyasiga asoslanib, XIX asrning ikkinchi yarmidagi iqtisodiyotni, unga xos tendensiyalarni tahlil qilib, qo’shimcha qiymat nazariyasini yaratgan. Uning asosida mehnatni ekspluatatsiya qilish qoidasi yotadi. U iqtisodiyot fanining prinsipial muammolariga, xususan, fanning mavzusi, kapitalizmning ishlab chiqarish munosabatlari tizimi, bir formatsiyadan ikkinchi formatsiyaga o’tish kabi muammolariga original talqin bergan. 4 tomdan iborat “Kapital” asari muallifi.