MEHNAT BALANSI

MEHNAT BALANSI – mehnat resurslarining (ish kuchi, ish vaqti) haqiqatda yoki kutilgan va ulardan foydalanish miqdorini aks ettiradi. Mehnat balansida ishchi kuchini qayta ishlab chiqarish, joylashtirish va mehnat resurslarini iste’molga mos ravishda taqsimlashning asosiy jarayonlari haqida ma’lumotlar ko’rsatiladi.