NIZOLARNI BARTARAF ETISHGA YO’NALTIRILGAN STRATEGIYA

NIZOLARNI BARTARAF ETISHGA YO’NALTIRILGAN STRATEGIYA – vujudga kelgan ixtilof zamiridagi muammoni bartaraf etish yo’llarini izlashga va ziddiyat ishtirokchilarini o’zaro murosaga keltirishga qaratilgan muayyan chora-tadbirlar majmuyi. Ushbu xildagi strategiyani ro’yobga oshirmoq uchun nizolami keltirib chiqargan real sabablar, shart-sharoitlarni chuqur tahlil qilish asosida ulami bartaraf etish vositalarini izlab topish lozim bo’ladi. Tashkiliy-tuzilmaviy, ma’muriy va shaxslararo nizolarni boshqarish tafovutlanadi.