NIZO
NIZO – birgalikda amalga oshiriladigan faoliyat davomida ikki va undan ortiq kishilar o’rtasida maqsadlar, manfaatlar, pozitsiyalar (nuqtai nazar), fikr-mulohazalar yoki g’oyaviy qarashlar asosida yuzaga keladigan keskin kelishmovchilik. Tashkilotlarda yuzaga keladigan konfliktlarning eng xavfli oqibatlaridan biri shuki, vujudga kelgan . va avj ola boshlagan nizo oqibatida inqirozli vaziyat yuzaga kelishi mumkin. Boshqa tarafdan olib qaralsa, inqirozli vaziyatlar ham pirovardida turli xil to’qnashuvlarga sabab bo’lishi mumkin.